» » Dow Jones adashib, Google va Apple kompaniyalari qo‘shilishi haqida xabar berdi

Dow Jones adashib, Google va Apple kompaniyalari qo‘shilishi haqida xabar berdi


Dow Jones agentligining yangiliklar tasmasida 10-oktabr kuni Google va Apple kompaniyalarining qo‘shilishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlar paydo bo‘ldi, deb yozadi Meduza.

Xabarlardan birida aytilishicha, Google Apple’ni 9 milliard dollarga sotib olmoqchi, oldi-sotdi haqida esa Stiv Jobsning vasiyatnomasida qayd etilgan. “Albatta, Google Apple’ning ajoyib bosh qarorgohiga ko‘chib boradi”, — deyiladi xabarda.

Xabarlar chop etilgach, Apple aksiyalari narxi taxminan 155 dollardan 158 dollargacha o‘sdi, ammo keyinroq yana tushdi.

Bu xabarlarning barchasi o‘chirib tashlandi. Dow Jones’dagilar xabarlar texnik xatolik tufayli chiqib ketganini ma’lum qilib, uzr so‘rashdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-10-2017, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют