» » “Sardoba falokatining barcha aybdorlari, kim bo‘lishidan qat’i nazar, javob beradi” — Shavkat Mirziyoyev

“Sardoba falokatining barcha aybdorlari, kim bo‘lishidan qat’i nazar, javob beradi” — Shavkat Mirziyoyev


Sardobadagi falokat bo‘yicha barcha aybdorlar, kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-may, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Xalqimiz bir narsadan ko‘ngli to‘q bo‘lishi kerak, hech qanday ortiqcha gap-so‘zlarga va mish-mishlarga o‘rin bo‘lmasligi lozim.

Mening topshirig‘imga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan suv toshqini bilan bog‘liq voqea yuzasidan obyektiv, xolis va keng qamrovli tergov harakatlari boshlangan.

Xalqimizni ishontirib aytaman — tergov yakunlari bo‘yicha barcha aybdorlar, kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi”, — dedi Prezident.

Mavzuga doir: Sardobadagi falokatda 4 kishi halok bo‘lgan, 1 kishi bedarak yo‘qolgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют