» » Pentagon AQSh hukumati koronavirus qayerdan paydo bo‘lganini bilmasligini ma’lum qildi

Pentagon AQSh hukumati koronavirus qayerdan paydo bo‘lganini bilmasligini ma’lum qildi


AQSh Qurolli kuchlari shtab boshlig‘i qo‘mitasi rahbari general Mark Millining aytishicha, Amerika hukumati COVID-19 koronavirusi aynan qayerdan kelib chiqqanini bilmaydi. “TASS”ning yozishicha, bu haqda u Pentagondagi brifing vaqtida aytib o‘tgan.

“Dalillar uning tabiiy usulda kelib chiqanini, odamlar tomonidan yaratilmaganini ko‘rsatmoqda. Ikkinchi masala — uning tarqalishi tasodifan bo‘lganmi, atrof muhitga tabiiy usulda tarqalganmi yoki bu qasddan qilinganmi? Bizda bu nuqtayi nazarlardan birini isbotlovchi dalillar yo‘q. Mavjud dalillar uning tabiiy usulda kelib chiqqanini, atayin tarqatilmaganini ko‘rsatmoqda. Uchinchi masala — paydo bo‘lgan joyi. U Uxandagi virusoligiya laboratoriyasida paydo bo‘lganmi yoki dengiz mahsulotlari sotiluvchi bozordami, biz bilmaymiz”, — degan Milli.

Avvalroq Fox News telekanali koronavirusning Uxanda laboratoriya sharoitida yaratilganini taxmin qilgandi. Donald Tramp ham koronavirus laboratoriyada yaratilganini isbotlovchi dalillari borligini bildirgan. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Xitoy kasallik tarqalishi yuzasidan muhim axborotga ega bo‘lgani, ammo uni o‘z vaqtida oshkor qilmaganini aytgan.

Bunga javoban JSST AQSh koronavirus laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risida hech qanday ma’lumot taqdim etmaganini, koronavirus Xitoy laboratoriyalarida paydo bo‘lgani to‘g‘risidagi bayonotni spekulyativ deb aytgan.

Avstraliyaning The Daily Telegraph nashri AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya maxsus xizmatlarini birlashtiruvchi “Besh ko‘z” razvedka alyansi tomonidan tayyorlangan 15 varaqli hisobotga tayanib Xitoy COVID-19 koronavirus infeksiyasiga oid dalillarni qasddan yo‘q qilib yuborganini yozgandi.

The Guardian g‘arb maxsus xizmatlarida Xitoy koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirganligiga oid dalillar yo‘qligini, Avstraliya gazetadagi ma’lumotlar “Besh ko‘z” razvedka alyansidan emas, AQShning o‘zidan kelganini bildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют