» » Gruziya Rossiyani mamlakat suverenitetiga daxl qilishda aybladi

Gruziya Rossiyani mamlakat suverenitetiga daxl qilishda aybladi


Gruziya bosh vazirining Rossiya bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha maxsus vakili Zurab Abashidze Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Suxumiga tashrifini “Gruziya suverenitetini buzish” deb atadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

O‘z navbatida Gruziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari David Jalaganiya ham Lavrovning tashrifini xalqaro prinsiplar va qonunlarni tan olmaslik, deb atadi.

“Bu Gruziya suverenitetiga tahdid qilishga navbatdagi urinish”, — dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, Suxumi shahri qisman tan olingan Abxaziya Respublikasi poytaxti hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют