» » TIV Moskva viloyatidagi yong‘inda 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqladi

TIV Moskva viloyatidagi yong‘inda 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqladi


Rossiyaning Moskva viloyatidagi Ramenskoye tumanida 5-mayga o‘tar kechasi elektr simlarining nosozligi sababli muhojirlar yotoqxonasi yonib ketib, olti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani xabar berilgan edi.

TIV matbuot xizmati tasdiqlashicha, Moskva viloyatining Ramenskiy tumanidagi shaxsiy turar joyda yong‘in oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, holat O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasining konsullik bo‘limi nazoratiga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni Rossiyada turli baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etgan 17 nafar fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelingan edi.

Mavzuga doir: “Koronavirusning barcha belgilari bo‘lsa ham yordam berishmaydi”. Rossiyadagi migrantlarning karantin sharoitidagi ahvoli haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют