» » Mutu, Shevchenko, Balotelli. APL tarixidagi eng omadsiz transferlar reytingi tuzildi

Mutu, Shevchenko, Balotelli. APL tarixidagi eng omadsiz transferlar reytingi tuzildi


AQShning ESPN telekanali Angliya Premyer Ligasi tarixidagi eng omadsiz transferlar reytingini tuzib chiqdi.

Birinchi o‘rindan “Sauthempton”ga tekinga kelgan va jamoada birgina o‘yin o‘tkazgan senegallik hujumchi Ali Dianing transferi o‘rin oldi. Grem Sunessga o‘zini Jorj Vea deb tanishtirgan odam qo‘ng‘iroq qiladi va iqtidorli hujumchi borligini, u yaqinda Senegal terma jamoasida ikkita gol urgani hamda PSJda Vea bilan birga to‘p surgani haqida aytadi. Biroq Dia havaskorlar ligasida to‘p suruvchi 31 yoshli erkak bo‘lib chiqadi.

Ikkinchi o‘rindan esa “Lester” safida APL g‘olibligini qo‘lga kiritgan va keyinchalik 34,1 million funt evaziga “Chelsi”ga yo‘l olgan Deniel Drinkuoter o‘rin oldi. Kuchli uchlikni 2015-yilda “Inter”dan 9,5 million funt evaziga “Sanderlend”ga o‘tgan Rikardo Alvares transferi yakunlab berdi.

Kuchli o‘nlikdan “Chelsi”ning to‘rtta xaridi o‘rin oldi. 2006-yilda Andrey Shevchenkoning “Milan”dan sotib olinishi ular qatoridan joy olgan.

ESPN talqiniga ko‘ra Premyer Liga tarixidagi eng omadsiz transferlar top-10 ligi:

Aleksis Sanchesning “Arsenal”dan “Manchester Yunayted” safiga o‘tishi 11-o‘ringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Maykl Ouenning “Real”dan “Nyukasl”ga qaytishi 28-o‘rinni oldi. Fernando Torresning “Liverpul”dan “Chelsi”ga yo‘l olishi 39-pog‘onani band etdi. Shuningdek, “Manchester Yunayted” tomonidan amalga oshirilgan Xuan Sebastyan Veron (37) va Anxel di Mariya (45-o‘rin) transferlari ham top-50 dan joy olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют