» » Rossiyada besh nafar o‘zbekistonlik o‘z vatandoshini zo‘rladi

Rossiyada besh nafar o‘zbekistonlik o‘z vatandoshini zo‘rladi


Sankt-Peterburgda besh muhojir ayol vatandoshini xo‘rlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda huquq-tartibot organlariga tayanib, “78.ru” xabar berdi.

6-may kuni soat 08:42 da politsiyaga 1981-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi murojaat qilgan. U 5-may kuni soat 20:00 dan ertasi kuni soat 07:00 ga qadar Kolomyajsk katta ko‘chasi yaqinidagi 15-sonli uyda besh nafar erkak tomonidan kaltaklangani va zo‘rlanganini ma’lum qilgan.

Shu kunning o‘zida, soat 13:00 larda politsiyachilar Kolomyajskdagi 18-sonli uy oldida ikki nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan — ikkisi ham ishsiz O‘zbekiston fuqarolari. Gumonlanuvchilardan birining yoshi 22 da, ikkinchisi — 29 yoshda ekani aytilgan. Olingan ma’lumotlar asosida qolgan uch nafar erkak ham qidirilmoqda.

Mavzuga doir: Moskvada ota-bolani kaltaklab, ularni o‘marib ketgan besh nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют