» » Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi


Hukumatning 6-apreldagi qarori bilan Baxtiyor Kamalov Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Lavozimga tayinlangunga qadar 2018-yildan boshlab Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

Baxtiyor Kamalov 1979-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent moliya institutlarini bitirgan.

2010—2016-yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II-bosqich” loyihasi menejeri sifatida ham faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-yanvardagi qarori bilan tashkil etilgan edi.

Agentlik suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni aniqlaydi, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют