» » Gennadiy Golovkin: Kanelo men bilan jang qilishni istamadi

Gennadiy Golovkin: Kanelo men bilan jang qilishni istamadi


Boks bo‘yicha yengil vazn toifasida IBF va IBO chempioni Gennadiy Golovkin WBA chempioni Saul Alvares bilan jang qilmasligini ma’lum qildi.

“Koronavirus tufayli yuzaga kelgan ushbu holatdan avval javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olgandim. Men Sheremetaga qarshi jang haqida gapiryapman. O‘z so‘zimda turishim kerak. Vaziyat o‘zgarishi bilan ushbu jangda ishtirok etmoqchiman.

Har doim tanganing ikki tomoni bo‘ladi. Saulning jamoasi sentabrdagi jangdan qochib qolgandi. Kaneloning o‘zi may oyida jang qilishni istamadi. Shu sabab men Sheremetaga qarshi jang qilishni tanladim.

Shunday ekan men o‘z yo‘limda davom etdim. Mening o‘z karyeram bor va o‘zimga savol berdim: ‘yana qancha kutishim kerak?’”, — deydi Golovkin.

Eslatib o‘tamiz, qozog‘istonlik bokschi Saul Alvares bilan ikki bor to‘qnash kelgan. 2017-yilning sentabridagi jangda durang qayd etilgan bo‘lsa, oradan bir yil o‘tib meksikalik bokschi Golovkindan ochkolar hisobida ustun kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют