» » UzReport professional boksning yana bir muhim jangi translyatsiyasi huquqini xarid qildi

UzReport professional boksning yana bir muhim jangi translyatsiyasi huquqini xarid qildi


UzReport telekanali professional boks kechalaridagi muhim janglarni O‘zbekiston hududida ko‘rsatishda davom etadi. Bu haqda telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari xabar berdi.

17-sentabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida joylashgan mashhur T-Mobile arenada professional boks bo‘yicha yilning muhim janglaridan biri bo‘lib o‘tadi. WBA, WBC, IBF va IBO yo‘nalishlarida jahon chempioni, shu vaqtga qadar hech bir jangida mag‘lub bo‘lmagan qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin unda The Ring versiyasi bo‘yicha vazn toifasidan qat’iy nazar dunyoning eng kuchli bokschisi hisoblangan meksikalik Saul Kanelo Alvaresga qarshi ringga ko‘tariladi.

Butun jahon boks muxlislarining katta qiziqishiga sabab bo‘layotgan jang kechasining eksklyuziv translyatsiya huquqi endi UzReport telekanaliga ham tegishli. 17-sentabr, yakshanba, soat 8:00 dan boshlab o‘zbekistonliklar Golovkin — Alvares jangini jonli efirda tomosha qilishi mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-09-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют