» » Hindistondagi kimyo zavodida gaz sizib chiqishi oqibatida kamida 9 kishi vafot etdi (video)

Hindistondagi kimyo zavodida gaz sizib chiqishi oqibatida kamida 9 kishi vafot etdi (video)


Hindiston sharqidagi Vishakxapatnam shahri yaqinida joylashgan LG Polymers kimyo zavodida gaz sizib chiqishi yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, 300 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizilgan. Yana taxminan 1500 kishi evakuatsiya qilingan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

WARNING: GRAPHIC CONTENT - At least nine people have died after a chemical gas leak at an LG Polymers facility in the southern Indian state of Andhra Pradesh https://t.co/FSpnmfq0wk pic.twitter.com/sX9X6MW5Ka

— Reuters (@Reuters) May 7, 2020

Qayd etilishicha, LG Polymers zavodiga egalik qiluvchi Janubiy Koreyaning LG Chem kompaniyasi vaziyat nazorat ostida ekanligini ma’lum qilgan. Kompaniya yetkazilgan zarar miqdori, odamlarning o‘limi sababi va hodisa tafsilotlari baholanayotganini bildirgan. Favqulodda xizmatlar vakili ham vaziyatning nazorat ostida ekanligi va gaz sizib chiqishi to‘xtatilganini ma’lum qilgan.

Xabar berilishicha, hodisa 7-mayga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 02:30 da yuz bergan. Politsiya xodimining aytishicha, gaz sizib chiqishi koronavirus munosabati bilan joriy qilingan cheklovlar sababli qarovsiz qolgan katta sig‘imlarda yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, zavod bir necha kun avval, Hindistonda COVID-19 sababli joriy qilingan cheklovlar yumshatilganidan keyin ochilgan.

LG Polymers zavodi shisha tolali plastik, rezina va lateks ishlab chiqarishda foydalaniladigan polistirol ishlab chiqaradi. Kompaniyaga 1961-yilda Hindustan Polymers nomi ostida asos solingan, 1997-yilda zavod LG Chem ixtiyoriga o‘tgan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 53 ming kishidan oshgan, 1787 kishi kasallik oqibatida vafot etgan. 15 331 kishi kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют