» » Respublika maxsus komissiyasi: 9-may — Xotira va qadrlash kuni oilaviy nishonlanadi

Respublika maxsus komissiyasi: 9-may — Xotira va qadrlash kuni oilaviy nishonlanadi


Respublika maxsus komissiyasi 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkazilish yoki o‘tkazmasligi yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Respublika maxsus komissiyasi ayrim fuqarolar va jamoat tashkilotlari tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kunida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda yoshi ulug‘ faxriylarni ushbu bayram munosabati bilan tabriklash, ularning holidan xabar olish yuzasidan berilayotgan ko‘plab savollari bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlar tomonidan 9-may kuni bayram tadbirlari o‘tkazishda fuqarolarning jamoat joylarida to‘planishi bo‘yicha qat’iy cheklovlar qo‘llanilayotganligi, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asosan koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish yoshi kattalarda og‘ir kechishini inobatga olib, hududlarda “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratgan holda tabaqalashtirilgan karantin cheklovlaridan qat’iy nazar, barcha hududlarda 9-may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug‘ faxriylarning holidan xabar olish taqiqlanadi va ushbu bayramni faqat oila davrasida nishonlash tavsiya etiladi.

Ta’kidlash joizki, ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va rag‘batlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida jamoat joylarida harakatlanishda, savdo do‘konlari va boshqa joylarda ikki metrlik ijtimoiy masofani saqlash, shuningdek, uch kishidan ko‘p shaxslarning to‘planishi bo‘yicha talablar saqlanib qolganligi, ushbu talablarni buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют