» » Pavel Durov: Kremniy vodiysiga kochmaslikning 7 sababi

Pavel Durov: Kremniy vodiysiga kochmaslikning 7 sababi


Telegram asoschisi Pavel Durov rossiyalik jurnalist va videobloger Yuriy Dud tomonidan tayyorlangan Kremniy vodiysi haqidagi filmi borasida oz fikrlari bilan bolishdi.

Yuriy tomonidan suratga olingan filmning koplab qahramonlari bilan shaxsan tanish bolganimdan, ular kamerada elon qilgan narsalar va ular bilan bolgan shaxsiy suhbatlardagi narsalarda farq borligini payqadim. Sujetdagi barcha tanish ishbilarmonlardan AQShdagi hayotning salbiy taraflari haqida bir necha bor eshitganman. Endi ulardan biri vaqtining yarmini oz vatanida otkazmoqda, boshqasi Yevropaga qaytib kelganiga bir necha oy boldi, uchinchisi amerikaliklardan kongli qoldi va oz atrofida kichik Rossiyabarpo etmoqda.

Umuman olganda, filmdagi qahramonlar kameraga bitta amerikacha fazilatni namoyish etadi otkir burchaklarni chetlab otib, ijobiy tomonlarga urgu berish. Yangi avlod tadbirkorlarini oz otmishdagilarning xatolarini takrorlashdan ogohlantirish maqsadida men Amerikaning kamchiliklari haqida sozlab berishni ozimning burchim deb bilaman. Quyida siz Kremniy vodiysiga kochmasligingizning 7 sababini taqdim etaman.

Ozodlik mamlakati timsoliga qaramay, AQSh qattiq nazoratga ega politsiya davlati bolib, qamoqxonada bolganlar soni boyicha yetakchi hisoblanadi. Amerikadagi mahbuslar soni Finlyandiya, Germaniya yoki Niderlandiyaga nisbatan 10 baravar kop. Agar bu sizga tasir qilmaydi deb oylasangiz, orningizda bolganimda bunchalik amin bolmas edim: filmdagi Vodiyni reklama qilgan tadbirkorlardan hech bolmaganda biri AQSh huquqni muhofaza qilish organlarining nohaq harakatlaridan va ular ustidan olib borilgan kuzatuvlardan aziyat chekkan. Aytganimdek, 2016-yilda San-Fransiskoga safarimiz chogida biz Telegramda FQBning bosimiga duch kelganmiz.

AQSh sogliqni saqlash tizimi samarasiz va qimmat, shuning uchun koplab muhojirlar davolanish uchun Sharqiy Yevropaga uchishadi, chunki bu arzonroqqa tushadi. Ortacha olganda, AQSh aholisi soglom emas: rivojlangan davlatlar orasida semizlik boyicha AQSh birinchi orinda. Buning mumkin bolgan sabablari zaif nazoratga ega bolgan oziq-ovqat sanoati, past oziq-ovqat madaniyati va stressdir.

Kremniy vodiysi madaniy hayoti cheklangan bir necha qishloqlardir. Eng yaqin bolgan shahar San-Fransisko ham megapolis emas, ammo u yerda ham jinoyatchilik darajasi yuqori va uysizlar soni kopdir. Qizigi shuki, San-Fransisko sayohatlarim tarixida shaharning markazida kunduz kuni hujumga uchraganyagona joyim.

Amerika Qoshma Shtatlaridagi orta talim sifati boshqa rivojlangan davlatlarnikidan past. Organib chiqilgan 79 mamlakatdan maktablarda matematikani oqitish sifati boyicha Amerika atigi 38-orinni egallaydi. Dasturlash boyicha jahon chempionatlaridagi Amerikaning taniqli oliygohlari nomidan chiqadigan barcha goliblar Xitoy maktablarida tahsil olgan va AQShga kochib kelgan etnik xitoyliklardir. Shunga qaramay, AQSh ushbu musobaqalarda birinchi orinlarni Xitoy yoki Rossiyaga qaraganda ancha kamroq egallaydi.

AQSh yuqori soliqlarga ega mamlakatdir va muvaffaqiyatli Kaliforniya aholisi oz daromadlarining yarmidan kopini davlatga beradi. Shu bilan birga, AQSh oz fuqarolaridan mamlakatdan chiqib ketganidan keyin ham daromad soligini talab qilishni davom etayotgan dunyodagi yagona davlat. Amerika Qoshma Shtatlarining pasporti dunyoning qayerida yashashingizdan qati nazar har doim siz bilan birga boladigan iqtisodiy krepostnoy huquqdir. Albatta, siz AQSh fuqaroligidan voz kechishga harakat qilishingiz mumkin, ammo bu har doim ham natija bermasligini Oleg Tinkovning ayanchli namunasi korsatgan. Sharqiy Yevropada togridan togri soliqlar AQShga qaraganda ancha past va BAA kabi mamlakatlarda ular mutlaqo nolga teng.

Kremniy vodiysi bu nafaqat kochmas mulk uchun, balki yuqori texnologiyali biznes oborish uchun ham yuqori narxlar maskani. Muhojir tadbirkorlarning ozlari Kremniy vodiysidan bolgan dasturchilarni kamdan kam hollarda yollashadi. Mahalliy dasturchilar qimmat, taltaygan va kopincha tashqi takliflar va goyalar oqimi tufayli ishda diqqat-etiborni bir joyga jamlay olmaydilar. Natijada muhojirlar Sharqiy Yevropadan kelgan dasturchilar va dizaynerlar bilan ishlashni afzal korishadi, ammo bu ham 10 soatlik farq tufayli kopincha ularga qiyin boladi. Shu manoda dasturlashni Sharqiy Yevropa yoki Hindistonga yaqin vaqt mintaqasidan olib borish osonroq.

Amerika bozori bu dunyo aholisining atigi 4 foizini tashkil etadigan dunyo internetining qizib ketgan va boshqaruvda qolib ketgan qismi. Hatto 10 yoki 20 yil oldin ham barcha global loyihalar faqat Kremniy vodiysidan kelib chiqishi mumkindek tuyulgan va bu asosli edi. U payt AQSh eng katta yagona internet bozori bolib, YouTube va Instagram kabi barcha yangi loyihalarni aynan u yerdan ishga tushirish osonroq edi.

Songgi yillarda esa bu unday emas: ijtimoiy mediada eng katta muvaffaqiyatlar Kremniy vodiysidan tashqarida paydo bolmoqda. Bunga 800 million foydalanuvchisi bolgan TikTok yoki 400 million faol foydalanuvchiga ega Telegramni misol qilib keltirish mumkin. Otgan hafta Hindistonning talim startapi Byjuning kapitallashuv darajasi 10 milliard dollarga yetdi. Bu mantiqiy narsadir: bugungi kunda eng katta ochiq internet bozori AQSh emas, balki Hindistondir. Telegramdagi hind foydalanuvchilarning ulushi boshqa davlatlardagi foydalanuvchilar ulushidan koproq bolishi tasodif emas. Bizning bosh ofisimiz dunyoning orqa tomonida emas, balki ushbu mamlakatga nisbatan yaqin joylashganidan mamnunmiz.

Amerika Qoshma Shtatlari IT biznesini yuritish yoki yashash uchun eng yaxshi joy emas. Ishonchim komilki, tanlov mavjud bolgan hollarda Sharqiy Yevropani tark etishni istagan har bir kishi boshqa variantlarni, albatta, korib chiqishi kerak.

Shimoliy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida inson huquqlari va erkinliklari ancha yaxshi himoya qilinadi va XXI asrda iqtisodiy osish Osiyo mamlakatlarida toplangan. Amerika hanuzgacha investorlarning arzon pullari bilan dunyodagi bazi tadbirkor va dasturchilarni jalb qilishga qodir, ammo bugungi kunda AQShga kochib otish xuddi aktiv xaridini uning narxining eng yuqori darajasida bolgan vaqtida amalga oshirishga oxshaydi.



Manba: Daryo.uz
: admin (8-05-2020, 09:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -