» » Pavel Durov Britaniya fuqaroligini olganligi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi

Pavel Durov Britaniya fuqaroligini olganligi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi


Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov “Vedomosti” gazetasiga bergan intervyusida Britaniya fuqaroligini olganligi haqidagi axborotni rad etdi, deb yozadi “Vesti.ru”.

Durovning aniqlik kiritishicha, uning kompaniyasi xodimlari bir necha haftadan buyon ushbu yolg‘on xabarni tarqatgan manbani qidirmoqda.

Avvalroq ommabop Telegram messenjerining asoschisi va egasi Pavel Durov Buyuk Britaniya fuqarosi hisoblanishi, bu Buyuk Britaniya firmalari reyestrida keltirib o‘tilgani, Durov tomonidan asos solingan Telegram Network Open kompaniyasi ham mazkur reyestrga kiritilgani xabar qilingan edi.

Buyuk Britaniya IIV “RIA Novosti” tomonidan Durovning fuqaroligi yuzasidan berilgan so‘rovga izoh berishdan bosh tortgan. Biroq mamlakatda firma ochish uchun mahalliy fuqarolikka ega bo‘lish shart emasligi aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют