» » Namanganda ikkita mashinani oqizib ketgan sel odamlarga talafot yetkazmadi (foto)

Namanganda ikkita mashinani oqizib ketgan sel odamlarga talafot yetkazmadi (foto)


Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida ikkita mashinani oqizib ketgan sel odamlarga talafot yetkazmadi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Voqea 5-may kuni soat 18:00 atrofida tumanning Quyimozor qishlog‘ida ro‘y bergan. Dala yumushlarini bajarib, “GAZ 24” mashinasida uyiga qaytayotgan Sanjar Soliyev Kosonsoyni kechib o‘tayotganida suv ko‘paygani va oqim tezligi sabab boshqaruvni yo‘qotgan.

— Mashinada ayalarim, jiyanlarim ham bor edi. Ularni tushirishga ulgurdim, keyin mashinani suv surib ketdi. Shundan so‘ng favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qildim. Agar ular kelib yordam bermaganida avtomobilim oqib ketishi aniq edi, — deydi Sanjar.

Tuman FVB boshlig‘i Foziljon Xo‘jamberdiyevga ko‘ra, shu kuni soy seli oqizib ketgan transport vositalari qatorida yana bir fuqaroning “VAZ 2107” mashinasi ham bo‘lgan.

— Aslida sel kelmagan paytlar bu yerdan bemalol odamlar, mashinalar o‘tadi, suv oqimi ham cho‘chimaydigan darajada. Biroq o‘sha kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli sel kelib, shunday hodisa sabab bo‘ldi. 2 ta maxsus texnika va 10 nafarga yaqin xodim yordamida murojaat bo‘lganidan so‘ng yarim soatlar o‘tib ikki mashinani ham qutqarishga muvaffaq bo‘ldik, — deydi Foziljon Xo‘jamberdiyev.

Mavzuga doir: Video: Namanganda sel ikkita mashinani oqizib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют