» » Toshkentda jamoat transporti harakati uchun alohida yo‘lak ajratish taklif qilindi

Toshkentda jamoat transporti harakati uchun alohida yo‘lak ajratish taklif qilindi


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida avtobus va yo‘nalishli taksilar uchun yo‘lning alohida bo‘lagi ajratish haqida petitsiya joylashtirildi.

Unda Toshkent shahrida tirbandliklar ko‘p bo‘lishini hisobga olib, jamoat transportidan foydalanayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transportlari, xususan, avtobuslar va yo‘nalishli taksilar uchun yo‘lning alohida ma’lum bir bo‘lagini ajratish taklif qilingan.

Shuningdek, tig‘iz vaqtda (chaspik) ushbu yo‘lakda harakatlanayotgan yengil avtomobillarga avtobus uchun yo‘l berish majburiyatini yuklash, buni DYHXX xodimlari yordamida tartibga solish lozimligi aytilgan.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda jamoat transport vositalari harakati uchun yo‘lning alohida yo‘lagini ajratishni taklif qilamiz”, — deydi petitsiya muallifi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasini rekonstruksiya qilish doirasida eski tramvay liniyasi o‘rnida tezyurar avtobuslar (bus rapid transit) qatnovini joriy etish rejalashtirilgan. Tajriba sifatida  Istiqlol va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyobonidan Compass savdo-ko‘ngilochar markaziga qadar yo‘nalish belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2020-yil 1-noyabrgacha ushbu yo‘nalish bo‘ylab maxsus qatnov yo‘lagini yaratish va 20 ta zamonaviy elektrobus xarid qilib, quvvatlash uskunalari bilan ta’minlash lozim. Agar tajriba loyihasi muvaffaqiyatli o‘tsa, metrobuslar shaharning boshqa yo‘llarida ham tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют