» » Toshkentda urushda qatnashgan 300 ga yaqin faxriyga avtomobillar topshirilmoqda

Toshkentda urushda qatnashgan 300 ga yaqin faxriyga avtomobillar topshirilmoqda


Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushining qatnashchilari bo‘lgan 300 ga yaqin faxriyga yengil avtomobillarni imtiyozli xarid qilishga oid sertifikatlar tantanali ravishda topshirilgan edi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Shu kunlarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni imtiyozli xarid qilish istagini bildirgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tegishli avtomobillar tantanali ravishda topshirib kelinmoqda.

Jumladan, 2017-yil 17-aprelda mehnat va urush faxriylari — Uchtepa tumanida istiqomat qilib kelayotgan 94 yoshli Hikmat ota Ubaydullayevga Damas, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 98 yoshli Kamol ota Turopovga Lacetti, 2017-yil 18-aprel kuni Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi 92 yoshli Nazar Stepanovich Nazaryanga Lacetti, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 93 yoshli Abduvohid ota To‘laganovga Damas rusumli yengil avtomobillar tantanali ravishda topshirildi.

Ikkinchi jahon urushining qatnashchilari bo‘lgan faxriylarga imtiyozli yengil avtomobillar topshirish marosimida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari, tuman hokimlari, “Nuroniy” jamg‘armasining Toshkent shahar Kengashi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi rahbarlari, “Kamolot” YoIH yetakchilari hamda mahalla raislari ishtirok etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют