» » Donald Tramp UFC 249 musobaqasi haqida: Shunday musobaqalarni ko‘proq o‘tkazish kerak

Donald Tramp UFC 249 musobaqasi haqida: Shunday musobaqalarni ko‘proq o‘tkazish kerak


AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi vaqtida o‘tkazilgan UFC 249 musobaqasi tashkilotchilarini qo‘llab-quvvatladi.

“Deyna Uayt va UFC’ni tabriklayman. Ko‘proq shunday musobaqalarni o‘tkazish kerak. Biz buni yaxshi ko‘ramiz va sport juda muhim deb hisoblaymiz. Boshqa sport ligalari ham qaytishi kerak. O‘ynashni davom ettirish kerak. Ijtimoiy masofa saqlang va boshqa qoidalarga ham amal qiling. Nima qilish kerak bo‘lsa, shuni amalga oshiring. Bizga sport kerak. Sportimiz qaytishini xohlaymiz”, — deydi Tramp.

Qayd etish joiz, Donald Tramp MMA muxlisi hisoblanadi. U bir necha bor UFC musobaqalariga tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, UFC 249 musobaqasi 10-may tongida Jeksonvill shahrida (Florida shtati, AQSh)muxlislarsiz o‘tkazildi. Musobaqaning asosiy jangi UFC’ning yengil vazndagi vaqtinchalik chempionlik maqomi uchun kechib, unda Jastin Getji Toni Fergyusonni 5-raundda nokautga uchratdi.

UFC 249’ning barcha janglarini tomosha qiling

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют