» » Foto: AQShda yuk mashina haydovchisi o‘z boshlig‘ining Ferrari’sini qasddan pachoqladi

Foto: AQShda yuk mashina haydovchisi o‘z boshlig‘ining Ferrari’sini qasddan pachoqladi


Chikagoda Volvo VNL yuk mashinasi haydovchisi o‘zining boshlig‘iga tegishli Ferrari GTC4 Lusso avtomobilini bosib ketdi. Bu orqali haydovchi firma rahbariyatining harakatlaridan norozi ekanligini bildirgan. Haydovchi va boshliq o‘rtasidagi mojaroga aynan nima sabab bo‘lgani noma’lum, deb xabar beradi Motor.

Reddit forumi foydalanuvchilari avariyaning ko‘plab suratlarini topishga muvaffaq bo‘lgan, biroq mojaroga nima sabab bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar bir-biriga zid: kimdir haydovchi maoshini olmagani uchun Ferrari’ni bosib ketgan desa, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, bu kabi g‘azabga firma rahbariyatining shartnomada belgilangan shartlarni bajarmay, haydovchini yangi yuk mashinasiga o‘tkazishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan demoqda.

Transport kompaniyasi hozircha mazkur avariyaga izoh bermgan. Suratlarga ko‘ra, Ferrari GTC4 Lusso’ni qayta tiklab bo‘lmaydi: yuk mashinasi Ferrari’ning old kapotini pachoqlab, uni tom ma’noda devorga yopishtirib qo‘ygan. Ta’kidlanishicha, ishlab chiqarilgan yili va bosgan masofasiga ko‘ra, GTC4 Lusso AQShning ikkilamchi bozorlarida 200 mingdan 280 ming dollargacha turadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yuk mashinasining noma’lum haydovchisini “ishchi sinf qahramoni” deb atashmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют