» » Toshkentdagi “Farhod” avtomobil ehtiyot qismlari bozori nima sababdan yopilgani ma’lum qilindi

Toshkentdagi “Farhod” avtomobil ehtiyot qismlari bozori nima sababdan yopilgani ma’lum qilindi


Avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan “Farhod” avtomobil ehtiyot qismlari bozori ichidagi barcha xodimlari bilan yopilgani, tadbirkorlarning birida yuqori tana harorati kuzatilgani haqida xabar berilgan edi. Toshkent shahar IIBB bozor nima sababdan yopilganini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, “Farhod” avtomobil ehtiyot qismlari bozori dezinfeksiya qilish va savdo joylarini sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga muvofiqlashtirilishi uchun yopilgan. Tadbirkorlardan birining isitmasi borligi haqida tarqagan ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Qayd etilishicha, ehtiyot qismlar bozorida har bir savdo joyi tegishli dezinfeksiya anjomlari bilan jihozlangandan so‘ng bozor o‘z ishini davom ettiradi.

Shuningdek, Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati ham bozor tadbirkorlardan birida yuqori tana harorati aniqlangani sabab yopilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgandi hamda mazkur savdo qatorlarida Sanitariya kuni e’lon qilganini bildirgan.

“Tegishli ishlar amalga oshirilganidan so‘ng, avtomobil ehtiyot qismlari do‘koni qayta ish boshlaydi”, — deyiladi hokimlik xabarida.

O‘zbekistonda 11-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 29 kishiga oshib, 2482 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1982 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют