» » Messi Argentinada koronavirusga qarshi kurash uchun 500 ming yevro ajratdi. Leo avvalroq Kataloniyaga 1 mln yevro xayriya qilgandi

Messi Argentinada koronavirusga qarshi kurash uchun 500 ming yevro ajratdi. Leo avvalroq Kataloniyaga 1 mln yevro xayriya qilgandi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Argentinada koronavirusga qarshi kurash uchun o‘z hissasini qo‘shdi.

TyC Sports nashrining xabar qilishicha, Messi Garraxana fondiga 500 ming yevro o‘tkazib bergan. Mazkur mablag‘ Argentinadagi 8 ta shifoxonaga bo‘lib berilgan.

Messi o‘tkazib bergan mablag‘lar shifokorlar uchun himoya vositalari, ko‘p funksiyali monitorlar va qolgan vositalar uchun xarajatlarga ishlatilgan. Shuningdek, beshta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilingan.

Avvalroq Messi Kataloniyada koronavirusga qarshi kurash uchun 1 million yevro xayriya qilgandi.

Argentinada koronavirus yuqtirib olganlar soni 6200 dan oshdi. 1800 ortiq kishi tuzalgan bo‘lsa, 314 nafar odam vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют