» » Lionel Messi Venesuelaga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Lionel Messi Venesuelaga qarshi o‘yinda jarohat oldi


Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 26-mart kuni bo‘lib o‘tadigan Marokash terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “Barselona” klubining rasmiy saytida xabar berildi.

22-mart, juma kuni 31 yoshli argentinalik Jahon Chempionati—2018 musobaqasidan so‘ng ilk marta terma jamoa safida maydonga tushgandi. U Venesuela bilan kechgan o‘yinda 90 daqiqa davomida maydonda to‘p surdi (1:3) va chovidan (qorinning ostki qismi) jarohat oldi.

Avvalroq xabar berilishicha, Marokash federatsiyasi argentinaliklarga dastlabki nazorat o‘yini uchun 969 ming yevro taklif qilgan. Messi maydonga tushmagan taqdirda mazkur mablag‘ 528 ming yevroga kamayishi mumkinligi ta’kidlangan.

“Barselona” Messi qay darajada jarohat olgani haqida ma’lum qilmagan.

Kataloniya klubi La Liga doirasida navbatdagi o‘yinlarni “Espanyol”, “Vilyarreal” va “Atletiko”ga qarshi o‘tkazadi. 10-aprel, kuni esa “Barselona” Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining mehmonda kechadigan dastlabki uchrashuvida “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi. Messi mazkur bellashuvlarda maydonga tushish-tushmasligi so‘roq ostida.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют