» » Samarqand shahrida 13-maydan karantin qoidalari kuchaytirildi

Samarqand shahrida 13-maydan karantin qoidalari kuchaytirildi


Samarqand shahrida karantin qoidalari kuchaytirildi. Bu haqda Samarqand shahar hokimi, prokurori va IIB rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Shahar hokimi Boburmirzo Obloqulovning qayd etishicha, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida 13-maydan e’tiboran Samarqand shahrida karantin choralari kuchaytiriladi.

Viloyat komissiyasining qaroriga ko‘ra, 13-may soat 06:00 dan boshlab shaharda transport vositalarining belgilangan ruxsatnomasiz harakatlanishi bekor qilingan. Brifingda mazkur qaror sababi ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Namangan “qizil” hudud ekanligi aytilib, viloyatlarda karantin qoidalari yumshatilmasligi ta’kidlangandi.

O‘zbekistonda 12-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga ko‘payib, 2509 nafarga yetdi. Respublikada koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1988 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 9) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют