» » Messi yoki Ronaldu? Yurgen Klopp o‘z tanlovini e’lon qildi

Messi yoki Ronaldu? Yurgen Klopp o‘z tanlovini e’lon qildi


“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp “Barselona” hujumchisi Leo Messi hamda “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduni o‘zaro qiyosladi.

“Men uchun Messi eng yaxshisi. Ammo Ronalduni ham cheksiz hurmat qilaman. Keling, shunday tushuntiraman. Biz ularning ikkalasiga ham qarshi o‘ynadik. Ularga qarshi himoyalanish deyarli imkonsiz. Agar mukammal futbolchini gavdalantiradigan bo‘lsak, u shunday ko‘rinish olardi. Bo‘y Ronalduniki singari baland, u ancha balandga sakraydi, shuningdek, Ronaldu kabi o‘ta tez yugura olardi. Yana bu futbolchiga Ronaldu singari ishga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni ham qo‘shardim. Hech kim Krishtianu kabi ishga professional yondasha olmaydi. Boshqa tomondan esa jussasi kichikkina Messi shunchaki qoyilmaqom ishlarni bajarmoqda. Shu boisdan ham u o‘yinchi sifatida menga ko‘proq yoqadi. Biroq Ronaldu ham aql bovar qilmas o‘yinchi hisoblanadi”, — deydi “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” Angliya Premyer Ligasida joriy mavsum 29 ta o‘yindan so‘ng 82 ochko bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Angliyada futbol bahslari iyun oyidan davom ettirilishi kutilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют