» » O‘zbekistonda ish haqi va pensiyalar naqd pul ko‘rinishida to‘lanadigan bo‘ldi

O‘zbekistonda ish haqi va pensiyalar naqd pul ko‘rinishida to‘lanadigan bo‘ldi


O‘zbekistonda aholi murojaatlarini inobatga olgan holda ish haqi, pensiya va nafaqalarni naqd pul shaklida, karantin qoidalariga amal qilgan holda to‘lashga qaror qilindi. Bu haqda Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-may, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatda karantin talablarini hushyorlikni oshirgan holda yanada yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich ishlatish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan 13-may kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, kasallik yuqishi xavfidan kelib chiqib, to‘lovlar naqdsiz shaklga o‘tkazilgan edi. Aholi, ayniqsa, pensionerlarning murojaatlarini hisobga olib, ish haqi, nafaqa va pensiyalar, karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda naqd pulda tarqatilishi belgilandi.

May oyidan boshlab pensiya, nafaqa va ish haqlarini to‘liq bank plastik kartalari orqali to‘lash boshlangan edi. Shundan buyon ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari kartalarni yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar, kartalarni olish uchun Xalq banki filiallarida yuzaga kelgan uzoq navbatlar va pensiya to‘lovlaridagi kechikishlar, shuningdek, Humo kartalari yordamida to‘lovlarni amalga oshirishdagi murakkabliklar haqida ma’lum qildi.

Markaziy bank pensiyalarni bank kartalari orqali yetkazib berish bo‘yicha ishlar kerakli darajada yo‘lga qo‘yilmaganini, bu esa aholi uchun qator noqulayliklarni yuzaga keltirgani va asosli e’tirozlarga sabab bo‘lganini tan oldi.

“Pensiya mablag‘larini yagona bank orqali yetkazib berish tizimi o‘zining samarasizligini va ushbu amaliyotdan voz kechish zarurligini ko‘rsatdi. Bu pensionerlarga o‘z xohishiga ko‘ra har qanday bankdan hisob raqam ochish va ularning kartalaridan foydalanish imkonini beradi. Bu imkoniyat bir martalik bo‘lmaydi va pensionerlar bank xizmatlari qanchalik sifatli ko‘rsatilishiga qarab xizmat ko‘rsatayotgan bankni o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi”, — degan edi Markaziy bank departamenti direktori Abrorxo‘ja Turdaliyev.

Mavzuga doir: Humo direktori plastik kartalar bilan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun pensionerlardan uzr so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют