» » Sirdaryo viloyati hokimligi yordam sifatida yuborilgan buyumlarning ayanchli holati tasvirlangan suratga munosabat bildirdi

Sirdaryo viloyati hokimligi yordam sifatida yuborilgan buyumlarning ayanchli holati tasvirlangan suratga munosabat bildirdi


Sirdaryo viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda viloyatdagi oilalarga yordam sifatida aholi tomonidan yuborilgan buyumlarning ayanchli ahvolda yotgani to‘g‘risida tarqalgan suratga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bu holat Guliston shahri N.Zokirov ko‘chasi 1-uyda joylashgan vaqtinchalik omborxonada kuzatilgan bo‘lib, ombor Sardoba suv omborida favqulodda holat yuz berganligi munosabati bilan ko‘ngillilar tomonidan insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan kiyim-bosh va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlarini qabul qilishga mo‘ljallangan.

Mazkur omborga yuborilgan buyumlar, avval Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan jalb etilgan faol yoshlar (volontyorlar) tomonidan ochiq maydonda saralanadi, shundan so‘ng epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash yuqumli kasalliklar tarqashi ehtimolini kamaytirish maqsadida dezinfeksiya qilingan holda turlariga qarab omborning yopiq qismiga joylashtiriladi.

Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 13—14-may kunlari Guliston shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va odamlar ta’bini biroz xira qilishga sabab bo‘lgan holat, aynan ko‘ngillilar tomonidan yuborilgan buyumlarni yuk mashinalaridan tushirilib, saralash jarayoni ketayotgan bir vaqtda kuchli yomg‘ir yog‘gan.

Tabiiyki, bu holatga u yerda faoliyat yuritayotgan volontyorlar omborning yomg‘irdan panaroq qismida yomg‘ir tinishini kutib turishgan. Xuddi shu vaziyatda noma’lum shaxs tomonidan suratga olinib, uning ijtimoiy tarmoqda tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Sirdaryo viloyati hokimligi

Bildirilishicha, buyumlar saralanib, dezinfeksiya qilinganidan so‘ng, favqulodda vaziyatda zarar ko‘rgan hamda vaqtincha evakuatsiya qilingan aholiga yetkazilmoqda.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi falokatda salkam 6 mingta turar joyga zarar yetgan. Falokat oqibatida jabrlangan aholiga yordam berish uchun Qirg‘iziston hukumati insonparvarlik yordami jo‘natdi. AQSh hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi toshqin oqibatida jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 100 ming dollar ajratdi. O‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov esa Sirdaryoda jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 10 million AQSh dollari miqdorida xayriya mablag‘i ajratdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют