» » “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri Oliy Majlisda ko‘rib chiqiladi

“Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri Oliy Majlisda ko‘rib chiqiladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri kiritildi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘zining Telegram’dagi sahifasida ma’lum qilishicha, mas’ul qo‘mita tomonidan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda.

“‘Milliy tiklanish’ demokratik partiyasi saylovoldi dasturidagi asosiy masalalardan biri sifatida ushbu qonun loyihasini jiddiy muhokama qilishga tayyorlanmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunda qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan ‘Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida’gi qonun loyihasining 33-moddasida partiya fraksiyasining tashabbusi asosida O‘zbekiston Respublikasida barcha normativ huquqiy hujjatlarning o‘zbek tilida qabul qilinishi belgilanmoqda”, — deb yozgan Alisher Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirlarida O‘zbekiston Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqan edi.

Mavzuga doir: Rossiya TIV rasmiy vakili O‘zbekistonda rus tili bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют