» » Parlament quyi palatasida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Parlament quyi palatasida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Parlament quyi palatasida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qonunchilik palatasi majlisi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi, deb yozadi O‘zA.

Xususan, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda atroflicha muhokama qilindi.

Qonun loyihasi birinchi o‘qishdan so‘ng fraksiya a’zolari, deputatlar va ekspertlar ishtirokida qayta ko‘rib chiqilib, tushunchalar optimallashtirildi hamda qonunni yangi tahrirda emas, balki butunlay yangi qonun sifatida qabul qilish taklifi ma’qullanib, tayyorlandi. Loyihada O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini tuzish, chop etish, ro‘yxatga olish, saqlash, bajarish, ularning amal qilishini to‘xtatish va tugatish, shuningdek, ularning bajarilishini monitoring qilish tartibini belgilash ko‘zda tutilmoqda.

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi davlat organlari ishining samaradorligini, javobgarligini va ular tomonidan ishlab chiqilayotgan hujjatlar sifatini oshirish, tomonlar bitimlarni lozim tarzda bajarayotganlari ustidan nazoratni ta’minlashga xizmat qiladi.

Ayni paytda qonunning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida, qonun loyihasi shu sohada amaldagi 2 qonun va 3 qonunosti hujjatlarini birlashtirish asosida yagona kompleks qonun sifatida tayyorlangani sababli mazkur qonunni qabul qilish qo‘shimcha ravishda qonunosti hujjatlari qabul qilishni talab etmaydi.

Bundan tashqari, qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi” davlat portaliga joylashtirilib, jamoatchilik muhokamasi natijasida 15 taklif va sharh kelib tushgani, bunda xalqaro shartnomaga qo‘shimcha shartlar, xalqaro shartnoma hisoblanmagan xalqaro aktlarga doir asoslantirilgan takliflar berilgani hamda qabul qilingani alohida e’tirof etildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, boshqa qonun loyihalari ko‘rib chiqilib, barcha masalalar yuzasidan fraksiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют