» » O‘zbekiston Rossiyadan beshta elektrovoz sotib oladi

O‘zbekiston Rossiyadan beshta elektrovoz sotib oladi


“VEB.RF” — Rossiya davlat rivojlanish korporatsiyasi, davlat investitsiya banki TMX (“Transmashxolding” AJ) tomonidan ishlab chiqarilgan beshta elektrovozni “O‘zbekistonda temiryo‘llari” AJga yetkazib berishni moliyalashtiradi. Bu haqda Rossiya davlat rivojlanish korporatsiyasi press-relizida xabar qilingan.

2020-yil aprelda “VEB.RF” va O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (O‘zbekiston milliy banki) mazkur elektrovozlarni yetkazib berish bo‘yicha kredit shartnomasini imzolagan.

“O‘zbekiston — ‘VEB.RF’ning eksport loyihalari bo‘yicha yetakchi hamkorlaridan biri. O‘zbekiston milliy banki esa ishonchli hamkorlar safiga kiradi. Rossiya—O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash maqsadida RF iqtisodiy institutlari qiymati 188 million yevroga teng 4 ta kredit kelishuvi imzolagan. Toshkent metropoliteni uchun vagonlar yetkazib berish, shuningdek, energetika obyektlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ‘VEB.RF’ning O‘zbekistondagi bir nechta loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha ishlari muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda”, — degan “VEB.RF” banki raisining o‘rinbosari Daniil Algulyan.

Shuningdek, “VEB.RF” press-relizida O‘zbekiston milliy bankining mamlakatdagi bank tizimining 24 foiz aktivlariga egalik qilishi, bugungi kunda bankning kapitali 1 milliard 380 million AQSh dollari ekani, Standard&Poors bo‘yicha reytingi suveren O‘zbekiston reytingiga mutanosib ekanligi qayd etilgan.

Mavzuga doir: Toshkent yerusti metrosi uchun yana 10 ta “Moskva” poyezdi sotib olinadi

2019-yilning noyabr oyida Toshkent metrosi uchun olib kelingan Rossiyaning “Metrovagonmash” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi poyezdlar ishga tushirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют