» » Milliy bank va Fransiyaning NATIXIS banki 500 mlln yevroga teng kredit bitimlarini imzoladi

Milliy bank va Fransiyaning NATIXIS banki 500 mlln yevroga teng kredit bitimlarini imzoladi


Parijda 5-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi arafasida o‘tkazilgan O‘zbekiston—Fransiya biznes-forumi doirasida Milliy bank va NATIXIS banki 500 million yevrolik kredit bitimlarini imzoladi.

Bitimlar eksport-kredit agentliklari kafolati ostida Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan yuqori texnologiyalar va xizmatlarni kichik biznes subyektlari va xususiy tadbirkorlarga yetkazib berish bo‘yicha investitsion loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirishni nazarda tutadi.

Kelishuvlarga ko‘ra, bitimlar doirasida eksportni moliyalashtiruvchi loyihalarni amalga oshirish hamda Yevropa kapital bozoriga kirishda ko‘mak berish hamda strategik loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlarni ajratishni ko‘zda tutilgan.

NATIXIS banki bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar rivojlanishiga omil bo‘ladi, shuningdek, maqbul shartlarda uzoq muddatli kredit resurslarini jalb etish va O‘zbekistonda biznes qilish uchun yangi investitsion imkoniyatlarni yaratadi.

Ma’lumot uchun, NATIXIS Fransiyaning eng yirik korporativ va investitsiya banklaridan biri bo‘lib, BPCE Group tarkibiga kiradi hamda mamlakatda kattaligi jihatidan to‘rtinchi o‘rinda turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют