» » O‘zmilliybank Germaniyaning Deutsche Bank bilan 500 million yevrolik bitimni imzoladi

O‘zmilliybank Germaniyaning Deutsche Bank bilan 500 million yevrolik bitimni imzoladi


Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zmilliybank Deutsche Bank AG bilan 500 million yevro miqdorida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha bitim imzoladi.

Mazkur bitim iqtisodiyotning energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, neft-kimyosi, infratuzilma, metallurgiya, aviatsiya va boshqa turli sohalarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit liniyalarini ajratishni nazarda tutadi.

Bitimning o‘ziga xosligi shundaki, turli davlatlardan, jumladan, AQSh, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniyadan uskunalar hamda texnologiyalar importi uchun uzoq muddatli moliyalashtirish taqdim etiladi.

Germaniya banklari bilan hamkorlikni kengaytirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.11.2017-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3414-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda.

Bundan oldin, O‘zmilliybank Germaniyaning boshqa yetakchi banklari bilan, xususan, Commerzbank AG va AKA Bank bilan GFR va Yevropa ittifoqi davlatlaridan uskuna hamda texnologiyalar import qilishni o‘z ichiga oluvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun kredit liniyalarini ajratish, shuningdek investitsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bitimlar imzoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют