» » Sardobadagi falokatdan zarar yetgan masjidlar “Vaqf” fondi mablag‘lari hisobiga qayta quriladi va ta’mirlanadi

Sardobadagi falokatdan zarar yetgan masjidlar “Vaqf” fondi mablag‘lari hisobiga qayta quriladi va ta’mirlanadi


“Vaqf” xayriya jamoat fondi Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi oqibatida vayron bo‘lgan Sirdaryodagi ikkita masjid binosini kapital ta’mirlash tashabbusini ilgari surdi.

Ta’kidlanishicha, 13-may kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimlari Sirdaryo viloyatiga yana bir bor tashrif buyurib, toshqin oqibatida zarar ko‘rgan Sardoba tumanidagi “Alisher Navoiy” va “Yusuf” jome masjidlari holati bilan tanishgan. O‘rganish natijasiga ko‘ra, ushbu masjidlarga toshqin oqibatida jiddiy talafot yetganligi aniqlangan.

“Masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash — fondning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shunga muvofiq fond tabiiy ofat oqibatida zarar ko‘rgan ‘Alisher Navoiy’ masjidini tubdan qayta qurish hamda ‘Yusuf’ jome masjidi binolarini kapital ta’mirdan chiqarish tashabbusini ilgari surdi”, — deyiladi xabarda.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi saxovatpesha insonlarni masjidni qurishdek xayrli ishda hamkorlik qilishga chorlab qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi falokatda salkam 6 mingta turar joyga zarar yetgan. Favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют