» » Sardoba suv ombori kerakmidi o‘zi? Shavkat Mirziyoyev shu savolga javob berdi

Sardoba suv ombori kerakmidi o‘zi? Shavkat Mirziyoyev shu savolga javob berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida suv toshqinidan aziyat chekkan aholi bilan uchrashuvda Sardoba suv omborining ushbu hudud uchun ahamiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuvdan lavha “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan namoyish etildi.

“Albatta, kimdir savol berishi mumkin: shu suv ombori kerakmidi, yo‘qmi? Hozir ham savollar ko‘p. Nima uchun Sirdaryo bilan Jizzax viloyati hech qachon rivojlanmagan? Suv bo‘lmagani uchun. Suv bo‘lmagan. Dehqon odam biladi. Paxtaga besh-olti marta suv berish kerak edi. Nega boshqa joylarda 40—70 sentner bo‘ladi-yu, bu yerda 15 sentner? Ha, ikki marta suv berolmasdik-da.

Ikkinchidan, biror marta takroriy ekin eka olarmidik? Suv yo‘q edi-ku. Shuning uchun 2010-yili eng to‘g‘ri xulosa bo‘lgan... Sirdaryo bilan Jizzax viloyatini rivojlantirish nuqtai nazaridan chorvaga ham suv kerak, insonga ham suv kerak, paxtaga ham, g‘allaga ham, parrandaga ham, baliqga — hammaga suv kerak. Bu to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Lekin shunday talafot bo‘ldi. Kelajakda har bir qilgan ishimizga yanada pishiqroq, puxtaroq, mukammal qilishimiz kerak”, — dedi Prezident.

Mavzuga doir: Sardoba suv omborini kim qurgan?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют