» » Maksim Shatskix: Rossiya terma jamoasida to‘p surish taklifini ikkilanmay rad etganman

Maksim Shatskix: Rossiya terma jamoasida to‘p surish taklifini ikkilanmay rad etganman


O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shatskix “Tezkor studiya” dasturidagi suhbatda bir vaqtlar Rossiya terma jamoasida to‘p surish taklifini rad etganini aytdi.

“Rossiyaga ketgan vaqtim shunday taklif bo‘lgan. Meni Rossiya yoshlar terma jamoasiga taklif qilishgan. Hech qanday ikkilanishsiz bu taklifni rad etganman va faqat O‘zbekiston terma jamoasida to‘p surishimni ma’lum qilganman. Shu bilan bu boradagi barcha masala yopilgan.

Bu legionerlik maqomini yo‘q qilish bilan bog‘liq emas. Menimcha, qaysidir jihatlarim ularga ma’qul kelgan. Yoshlar jamoasida rasmiy o‘yin o‘tkazdingmi, demak, o‘sha mamlakat futbolchiga aylanasan. Men bu suhbatga qadar o‘zim uchun qaror chiqarib bo‘lgandim. Shu sabab bu masalani hatto o‘ylab ham ko‘rmaganman va hech qanday shubha bo‘lmagan”, — deydi Shatskix.

Maksim Shatskix 1999—2014-yillar oralig‘ida O‘zbekiston terma jamoasida to‘p surgan. Mazkur vaqt ichida xujumchi 61 o‘yin o‘tkazib, 34 ta golga muallif bo‘lgan va O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют