» » Ingliz tili va IELTS o‘rganish uchun Toshkentning zo‘r joyiga marhamat: Fast and Easy’ning yangi bo‘limi ish boshladi

Ingliz tili va IELTS o‘rganish uchun Toshkentning zo‘r joyiga marhamat: Fast and Easy’ning yangi bo‘limi ish boshladi


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mustaqillik” ko‘chasi, “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekati yaqinida Fast and Easy o‘quv markazining yangi bo‘limi ishga tushirildi.

Shaharning zo‘r joyi — so‘lim va xushmanzara tabiatli, tinch va markaziy hududda ta’lim olish, albatta zo‘r. Agar o‘qish va o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur! Xuddi shunday imkoniyat Fast and Easy’ning yangi bo‘limida yaratilgan.

U yerda kun bo‘yi ingliz tili bilan shug‘ullanish mumkin: xohlang yam-yashil, osoyishta hududda o‘z ustingizda ishlang, xohlang mashg‘ulotlardan tashqari paytlarda bilimlaringizni oshiring yoki bo‘sh vaqtlarda ustozlaringizdan tushunmagan savollaringizni so‘rang.

Bunday imkoniyatlarning bari har kuni, soat 9:00 dan 21:00 gacha faoliyat olib boradigan, shanba va yakshanba kunlari Speaking Club, Cinema Club, Debate Club’lar tashkil etilgan Fast and Easy o‘quv markazida mavjud. O‘quvchilar esa ulardan istalgan paytda foydalanishlari mumkin.

Umuman olganda, ushbu o‘quv markazi o‘zining ta’lim berish tizimi bilan ommalashgan va odamlar ishonchini qozongan. Chunki u yerda shunchaki dars o‘tishga emas, balki o‘quvchilarning ingliz tilini puxta o‘rganib, hayotda o‘z o‘rnini topishlarida ko‘maklashiladi.

Buning uchun o‘quvchilarga ta’lim maskanlarini tanlashga bir nechta variantlar beriladi va ularning baridan foydalanib, o‘quvchi o‘ziga eng ma’qulida ta’limini davom ettirishi mumkin. Ya’ni markazda o‘qiganlar mahalliy universitetlar, yurtimizdagi xorijiy universitetlar yoki chet el universitetlariga birdaniga imtihon topshirishadi.

Bundan tashqari o‘quvchilar ushbu markazda xalqaro buxgalteriya ta’limi — ACCA’ni o‘qib, 4 yil muddat ichida Buyuk Britaniya, Londondagi Oksford-Bruks universiteti diplomini ham qo‘lga kiritishlari mumkin.

Aslida o‘quv markazning yaxshi ta’lim berishi muhim. Biroq o‘quv markazi zo‘r joyda va yaxshi sharoitlar bilan ta’minlangan bo‘lsa, o‘quvchilarning ham o‘rganishlari ancha zavqli bo‘ladi. Shuning uchun, Fast and Easy — ta’lim olish uchun yaxshi joy. Aloqaga chiqing, batafil ma’lumotlar beramiz:

Manzil: Mustaqillik ko‘chasi, 107-uy;

Mo‘ljal: “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekati, Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti qarshisidal

Telefonlar: (+998-95) 146-04-11; (+998-97) 155-38-00; (+998-97) 750-94-29.

Fast and Easy o‘quv markazining “Minor” metro bekati yaqinidagi manzili esa:

Amir Temur shoh ko‘chasi, 62-uy.

Eslatib o‘tamiz, Fast and Easy 2—6 oyda IELTS darajasini 4,5 dan 7,5 ballga chiqara oladigan maxsus o‘quv kurslarini ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi, barcha o‘quvchilar 7 balldan yuqori natijaga erishishgan.

Markazning 7—7,5 balli IELTS sertifikatiga ega o‘quvchilari soni ortib bormoqda. Qiziq tomoni esa, o‘quv kurslarini yakunlaganlar va talabalik baxtiga erishganlar hali ham Fast and Easy o‘quv markaziga har kun tashrif buyurishadi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv markazi hayotlarining muhim qismiga aylanib qolgan va undan ajralishlari oson emas.

Bu esa markaz rahbari Sardor Boisovni xursand qiladi. Shu bois, maqolani uning so‘zlari bilan yakunlashga qaror qildik.

Markazimizda ta’lim olgan barcha o‘quvchilar va ularning ota-onalariga ishonch uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Fast and Easy’ning bugungi kunda obro‘li o‘quv markazi bo‘lishida nafaqat biz — ustozlarning, balki o‘quvchilarning ham qattiq mehnati ahamiyatga ega. Chunki, ular erishgan yutuqlar bizning yutuqlarimiz poydevori bo‘lib xizmat qiladi.

Siz kabi tirishqoq yoshlarning markazimizda ta’lim olganidan xursandmiz. Iste’dodli yoshlarni markazimizda ta’lim olishi va katta yutuqlarga erishishda har doim tinimsiz harakatda bo‘lamiz!

Sardor Boisov, Fast and Easy o‘quv markazi rahbari

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (19-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют