» » Opal English o‘quvchilari IELTS imtihonidan 7-8 ball olishdi

Opal English o‘quvchilari IELTS imtihonidan 7-8 ball olishdi


Xorijiy tillarni o‘rganishning erta-kechi yo‘q. Muhimi, bu borada dadil qaror qabul qilib, til o‘rganish yo‘lida katta yordam bera oladigan malakali o‘qituvchi-murabbiylarni topishdir.

Xuddi shunday o‘quv markazlardan biri — Opal English bo‘lib, u yerda IELTS natijasi kamida 8 ball bo‘lgan o‘qituvchilar dars o‘tadi. Markaz ish boshlaganiga unchalik ko‘p bo‘lmadi, ammo o‘quvchilari allaqachon IELTS’dan 7-8 ball natija qayd etib ulgurishdi.

Amirbek Qadamov, 7 ball:

“Opal English’da o‘qishdan oldin mustaqil tayyorlanib IELTS imtihonidan 6 ball olganman. Ushbu o‘quv markazida IELTS’ga 1 oy davomida tayyorlandim va o‘z natijamni 7 ballga yaxshilashni uddaladim”.

Go‘zal Jamolova, 7,5 ball:

“Opal English’da o‘qishdan oldin mustaqil tayyorlanganman, faqat boshlang‘ich bilimim bo‘lgan, biroq IELTS haqida tushunchaga ega bo‘lmaganman.

Opal English’da boshlang‘ich ikki oylik ingliz tilini o‘rganib, so‘ng yana uch oy davomida IELTS imtihoniga tayyorlandim va 7,5 ball natija qayd etdim”.

Anvar Maxmadjonov, 8 ball:

“Opal English’da o‘qishdan oldin ozroq bilimim bor edi. U yerga o‘qish uchun borganimda, men bilan suhbat o‘tkazishdi va maxsus IELTS guruhida o‘qishga tavsiya qilishdi.

Opal English’da besh oy davomida tayyorlanib IELTS imtihonida 8 ballni qo‘lga kiritdim. Opal English bu borada menga katta yordam berdi. Men bu yerda o‘qiganimdan xursandman. Agar boshqa joyda o‘qiganimda, bu yerdagidek muhitni topa olmasdim. Barcha o‘qituvchilarga va o‘quv markazi rahbariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”.

Opal English o‘quv markazi, uning ta’lim uslubi va u yerdagi sharoitlar haqida avval ham bir necha bor xabar berilgandi. Quyida esa ingliz tiliga ixtisoslashgan ushbu markazning yangiliklari haqida so‘z yuritamiz:

Shuningdek, qo‘shimcha sifatida matematika ham ingliz tilida o‘qitiladi. Bu esa yurtimizdagi Inha, Turin, Westminster, MDIS kabi xalqaro universitetlar yoki chet el universitetlariga kirish uchun yordam beradi.

Opal English’da 6-13 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus ingliz tili darslari bor. Ular o‘yinlar va qiziqarli topshiriqlar asosida o‘tkaziladi. Bunda bolakaylar o‘qishdan zerikib qolmaydilar.

Ular asosan Speaking darslari bo‘ladi. Shanba kuni esa ingliz tilida film tomosha qilinadi. Umuman olganda, darslarning 50 foizini Speaking (gaplashish) tashkil etadi. Bu esa IELTS’ning eng qiyin bo‘limi imtihonidan o‘tishni ancha soddalashtiradi.

Agar, ingliz tili kursi yakunida o‘quvchi 80 foizdan ziyod natija to‘plasa, unga kursni yakunlaganligi haqida sertifikat beriladi.

Agar oyni 95 foizli natija bilan yakunlasa, keyingi bir oyni bepul o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Shunday chegirmani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxati bilan Opal English’dagi “A’lochilar burchagi”da tanishish mumkin.

Ingliz tilida erkin so‘zlashishni xohlasangiz-u, ma’qul o‘quv markazini topa olmay, ikkilanayotgan bo‘lsangiz — Opal English’ga marhamat!

Ma’lumot uchun:

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (27-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют