» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2746 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2746 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 17-may soat 15:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5 kishiga oshib, 2746 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Bugun qayd etilgan 5 nafar yangi kasallanish holatlari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, —deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Avvalroq 17-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2741 kishiga yetgani haqida ma’lum qilingan edi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 81 foizni tashkil qilib, 2245 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay forig‘ bo‘lgan, 12 nafar bemor esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют