» » Ekrandan hayotga ko‘chgan sevgi uchburchagi: “Zita va Gita” filmi qahramonlarining taqdiri qanday kechdi?

Ekrandan hayotga ko‘chgan sevgi uchburchagi: “Zita va Gita” filmi qahramonlarining taqdiri qanday kechdi?


“Zita va Gita” filmi 1976-yilda ekran yuzini ko‘rdi va butun dunyodagi hind filmlari ishqibozlarining mehrini qozondi. Kartinada bolaligida ajratilgan egizak opa-singillar Gita va Zita hayoti haqida hikoya qilinadi.

Dastlab Zita va Gita obrazini yaratish Bollivudning o‘sha vaqtdagi eng mashhur aktrisasi Mumtozga taklif qilingan. Biroq aktrisa kam gonorar tufayli filmda rol ijro etishni rad qilgan. Shundan so‘ng bu rol Xema Maliniga nasib qilgan.

Quyida mashhur film boshqa qahramonlarini gavdalantirgan aktrisa va aktyorlarning hayoti qanday kechgani haqida so‘z yuritiladi.

Xema Malini (Zita va Gita)

Xemaning aktrisalik karyerasi 1965-yilda boshlangan. U o‘sha paytda 17 yoshda edi. U badavlat tamil oilasida dunyoga kelgan. Xemaning onasi kinoprodyuser edi. Aktrisa kichkinaligidan raqs bilan professional darajada shug‘ullangan.

Xema “Zita va Gita” filmida suratga tushayotgan paytda unashtirilgan edi. Biroq o‘zidan 13 yosh katta, oilali Dharmendra bilan tanishuv uning hayotini ostin-ustun qilib yubordi. Ekrandagi muhabbat hayotga ko‘chib, ular bir-birini sevib qoladi. Shundan so‘ng Dharmendra xotini bilan ajrashib, Xemaga uylangan. Ularning ikki qizi bor.

Hozir Xema Malini 71 yoshda. U prodyuserlik va rejissorlik bilan shug‘ullanadi. Aktrisa, shuningdek, ma’lum muddat siyosiy faoliyat yuritgan. Uning Hema Malini creations kompaniyasi ham bor.

Dharmendra (Raka)

Dharmendra qattiqqo‘l, eskicha qarashlarga ega sikhlar oilasida dunyoga kelgan. U otasining taqiqi sabab yettinchi sinfgacha umuman kino ham ko‘rmagan. U aktyorlik faoliyatini “kinoga bo‘lgan cheksiz muhabbat” deb ataydi.

“Zita va Gita” filmida aktyor ko‘cha bolasi — Rakani gavdalantirgan.

U birinchi marta 19 yoshida Prakash Kaur ismli qizga uylangan. Ular to‘rt nafar farzand ko‘rgan. Biroq bu unga Xema Maliniga ko‘ngil qo‘yishiga to‘siq bo‘la olmadi.

Ularni yoshlar orasidagi katta farq va turli diniy yo‘nalishlarga mansubligi ham to‘xtata olmadi.

Xemaning ota-onasi bu nikohga qarshi edi, ular aktrisaning otasi vafotidan so‘ng turmush qurgan.

Hozir aktyor 84 yoshda. U 2000-yil boshida Hindiston parlamenti quyi palatasining milliy partiyasini boshqargan. Dharmendra Padma Bxushan davlat mukofoti sovrindori, muvaffaqiyatli aktyor, prodyuser va siyosatchi hisoblanadi.

Sanjiv Kumar (Ravi)

Filmda Ravi rolini ijro etgan aktyor Sanjiv Kumar bolaligidan aktyor bo‘lishni orzu qilgan. U dastlab Mumbaydagi xavaskorlar teatri, so‘ngra aktyorlik maktabini bitirgan. Uni “O‘yinchoq” filmi tomoshabinlarga tanitgan. “Zita va Gita” esa uni jahonga mashhur qildi.

Sanjiv Kumar Xema Maliniga oshiq bo‘lgan va film suratga olinishi boshlanishidan avval unga sovchi qo‘ygan edi. Xemaning ota-onasiga yigit manzur bo‘lgan, ular yoshlarning to‘ylariga rozilik bergan edi. Biroq “Zita va Gita” suratga olish jarayonlari vaziyatni butunlay o‘zgartirib yubordi. Xema o‘ziga umr yo‘ldosh sifatida Sanjivni emas, Dharmendrani tanladi.

Sanjiv umrining oxirigacha Xemani unuta olmadi. U ma’lum muddat aktrisa Sulakshana Pandit bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Bir kuni aktrisa undan o‘ziga uylanishni so‘ragan. Aktyor esa yig‘lab yuborgan va o‘rtalarida har doim boshqa ayol bo‘lishini aytgan.

Sanjiv Kumar 1985-yilda 47 yoshida infarktga chalinib, olamdan o‘tgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют