» » Samsung kompaniyasi QLED televizorlari ekrani kuyishidan 10 yillik kafolat beradi

Samsung kompaniyasi QLED televizorlari ekrani kuyishidan 10 yillik kafolat beradi


Ekran kuyishi – aksariyat plazma televizorlari egalariga tanish bo‘lgan va keng tarqalgan muammo. Agarda televizor o‘chirilganda, video o‘yinlar yoki kanallarga o‘tish chog‘ida ekranda avvalgi tasvir izlari paydo bo‘lsa – aynan shu holat kuyish jarayonidir. Piksellar noto‘g‘ri ishlamoqda yoki umuman ishlamayapti, shu sababdan logotiplar, menyu qatorlari va boshqa elementlar uzoq vaqt ko‘rinib turadi.

Televizorning kuyishga moyilligi – displey va, tabiiyki, televizorning o‘zi qancha uzoq vaqt xizmat qilishining asosiy ko‘rsatkichidir. Samsung kompaniyasining QLED –televizorlari kuyish haqidagi muammoni unutish mumkin bo‘lgan ilk qurilmalardan biri. QLED ekranlarining ishonchliligi vaqt o‘tishi bilan buzilmaydigan noorganik kvant nuqtalarining qo‘llanilishidan iborat.

Displeylar kuyib qolish hollariga uchramaydi va uzoq yillar ajoyib tasvirlar sifatini ta’minlaydi.

2019 va 2020-yillarda ishlab chiqarilgan QLED rusumidagi televizorlarini xarid qilganda, Samsung kompaniyasi barcha xaridorlarga piksellar kuyishiga qarshi 10 yillik kafolatni taqdim etadi. Agarda siz QLED televizori sohibi bo‘lishga ulgurgan bo‘lsangiz, u holda elektron kafolat sertifikatini onlayn shaklda qo‘lga kiritishingiz mumkin. Buning uchun kompaniya saytida https://bit.ly/2Ly0HyR havola orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni, televizorning seriya raqamlarini va xarid maskanini ko‘rsatgan holda ro‘yxatdan o‘tishning o‘zi yetarli.

Samsung 14 yildan beri o‘z iste’molchilarining ehtiyojlarini o‘rgangan va qoniqtirgan holda, televizorlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Yangi ilg‘or texnologiyalar tufayli QLED televizorlari uzoq yillar davomida tasvirlarning yorqinligi va haqiqiyligidan bahramand bo‘lishga imkon beradigan oqilona xarid bo‘lib qoladi.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan Instagram: @samsunguzbekistan Telegram: t.me/samsungofficialuzb Sayt: samsung.uz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 125) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют