» » AQShda noqonuniy ko‘cha poygachilari uchun alohida hudud tashkil etilishi mumkin

AQShda noqonuniy ko‘cha poygachilari uchun alohida hudud tashkil etilishi mumkin


Koronavirus pandemiyasi sabab Amerika shaharlarining ko‘chalari bo‘shab qoldi, biroq Atlantada kechasi noqonuniy poygalar uyushtirayotgan stritreyserlar paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Motor.

Avtomobillar trafigi sekin-asta o‘z holiga qaytayotgan bo‘lsa-da, Amerika ko‘chalari hamon odatdagidek mashinalarga to‘lib-toshmagan, ayniqsa, megapolislarda. Biroq Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi yo‘llar so‘nggi bir necha haftadan buyon kech tushishi bilan ko‘cha poygalari uchun noqonuniy trassaga aylangan. Politsiya bir necha stritreyserlarni qo‘lga olib, ularni katta jarimaga tortganiga qaramay, bu noqonuniy poyga ishtirokchilarini yanada g‘ayratlantirib, muammoning chuqurlashishiga olib kelmoqda.

Shu sababli shahar rasmiylari jamoat yo‘llaridagi bezorliklarga qarshi kurashning kreativ usulini ko‘rib chiqmoqda — AQShda stritreyserlar uchun alohida zona paydo bo‘lishi mumkin. Mazkur g‘oyaga ko‘ra, shaharda dreg-reysing bilan shug‘ullanish uchun maxsus hudud tashkil etiladi — bu yo‘llarda avariyalar sodir bo‘lishining oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda. Atlantada joriy etiladigan yangilik Amerikaning boshqa shaharlarida ham qo‘llanilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют