» » Shavkat Mirziyoyev tashrifidan so‘ng Nukusdagi Ibroyim Yusupov nomidagi maktabning qurilishi jadallashdi

Shavkat Mirziyoyev tashrifidan so‘ng Nukusdagi Ibroyim Yusupov nomidagi maktabning qurilishi jadallashdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 20—21-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi qurilish uchastkasiga tashrif buyurgan edi. “KRuz.uz” nashri maktab qurilishining bugungi holati haqida xabar berdi.

Tashrif chog‘ida maktab loyihasini takomillashtirish, xususan, bino oldida maydon barpo etish va bu yerda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov haykalini o‘rnatish, maktab yonidan alohida binoda zamonaviy darsliklarni va boshqa adabiyotlarni qoraqalpoq tiliga tarjima qiladigan markaz tashkil etish va uni eng zamonaviy bosmaxona uskunalari bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Mavzuga doir: Nukusda O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov haykali o‘rnatiladi

Mazkur topshiriq yuzasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017-yil 15-fevraldagi “2017—2018-o‘quv yilidan boshlab I.Yusupov nomidagi qoraqolpoq tili va adabiyoti fanini chuqur o‘rgatishga yo‘naltirilgan Respublika davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatini yangidan qurish to‘g‘risida”gi 68-sonli qarori qabul qilindi.

Nukus shahri hokimining 2017-yil 28-yanvardagi qarori asosida maktab qurilishi uchun Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasidan 1,1 gektar yer maydoni ajratilgan.

Shuningdek, 2017-yil 21-yanvardan boshlab 216 o‘quvchi o‘rniga ega maktab binosi, 100 o‘rinli yotoqxona, faollar zali, oshxona hamda mazkur maktab qoshida tarjima markazi, kichik bosmaxonaning loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash boshlangan. Hozirgi kunda o‘quv binosining poydevorini tiklash ishlari yakunlanib, yotoqxona binosining poydevorini qurish ishlari olib borilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1-avgustgacha maktabni zarur bo‘lgan o‘quv jihozlari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

2017—2018-o‘quv yilidan maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda iqtidorli o‘quvchilar qabulini tashkil etish maqsadida targ‘ibot ishlari boshlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 14:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют