» » Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan Xo‘jaylidagi maktabda barcha sinf xonalari isitildi

Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan Xo‘jaylidagi maktabda barcha sinf xonalari isitildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Xo‘jayli tumanidagi 69-maktab o‘qituvchilari bilan muloqot o‘tkazgandi. “KRuz.uz” mazkur tashrifdan so‘ng maktabda qanday o‘zgarishlar amalga oshirilganiga aniqlik kiritdi.

Maktab direktori Tursungul Abdurahmonovaning ma’lum qilishicha, ushbu dargohda 604 nafar o‘quvchiga 63 nafar pedagog ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Davlat rahbari tashrifidan so‘ng mavjud 12 ta qozonxonaning 5 tasi yangisiga almashtirilib, qolganlari qayta ta’mirlandi. Natijada barcha sinf xonalari isitildi. 

Vodoprovod suvi keltirilib, yuvinish xonasi ishga tushirildi, oshxona faoliyati jonlandi. Maktab hovlisi obodonlashtirib, ariqlar qazildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xo‘jayli tumaniga Jengisbay Yembergenov hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgandi. 

Опубликовано: admin (23-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют