» » Andijonda devor oshib o‘zganing uyiga kirgan uch nafar bosqinchi qo‘lga olindi

Andijonda devor oshib o‘zganing uyiga kirgan uch nafar bosqinchi qo‘lga olindi


Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida pul talab qilish maqsadida o‘zganing xonadoniga devor oshib kirgan bosqinchilar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Andijon viloyati Xo‘jaobod tuman IIB xodimlari tomonidan 17-maydan 18-may kuniga o‘tar kechasi tumanning “Ipakchi” mahallasida yashovchi fuqaro D.G.ning yashash uyida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida uch nafar noma’lum shaxs xo‘jalik pichog‘i bilan qurollanib, yuzlariga niqob taqib olgan holda xonadon egasi D.G.dan bosqinchilik yo‘li bilan pul talab qilish maqsadida xonadonga devor oshish yo‘li orqali kirgan vaqtida pistirmada turgan IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ular Buloqboshi tumanida yashovchi fuqarolar X.N, B.J, I.A. bo‘lib chiqqan. Ulardan uch dona xo‘jalik pichog‘i, uch dona niqob hamda boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasining (Bosqinchilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yuqoridagi shaxslar Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют