» » Afg‘oniston shimolida “Tolibon” harakatining 20 nafar jangarisi yo‘q qilindi

Afg‘oniston shimolida “Tolibon” harakatining 20 nafar jangarisi yo‘q qilindi


O‘tgan kecha Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi natijasida kamida 22 nafar “Tolibon” jangarilari hamda ularning dala qo‘mondonlari yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

“Afg‘on razvedkasidan olingan ma’lumotlar asosida, havo kuchlari yordamida 18-aprel, seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi Bag‘lon viloyatidagi Dand-e-Guri uyezdida operatsiya o‘tkazildi. Tadbir davomida “Tolibon” terrorchilik harakatining 22 nafar jangarisi yo‘q qilindi va uch nafari asirga olindi”, — deyiladi “Sinxua” agentligi tomonidan keltirilgan bayonotda.

Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, “Tolibon” boshliqlaridan biri va to‘rt nafar mahalliy dala qo‘mondonlari yo‘q qilingan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют