» » Afg‘onistonda bir sutka davomida kamida 18 jangari yo‘q qilindi

Afg‘onistonda bir sutka davomida kamida 18 jangari yo‘q qilindi


Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida hukumat kuchlarining operatsiyasi davomida bir sutkada kamida 18 jangari yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Hukumat samolyotlari “Tolibon” jangarilar harakatining Dasht-e-Archi tumanidagi pana joylariga bir qancha zarbalar yo‘lladi. Juma kuni boshlangan aviazarbalar natijasida 18 nafargacha jangari yo‘q qilindi, yana 5 nafari jarohat oldi.

G‘ulom Hazrat Karimiy, Afg‘oniston Mudofaa vazirligi rasmiy vakili

Xabarda qayd etilishicha, “Tolibon” harakati jangarilari bo‘lib o‘tgan operatsiya yuzasidan hech qanday izoh bermagan.

Ekspertlarning qayd etishicha, so‘nggi paytlarda ekstremistlar Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlari – Luvgar, Nangarhar, Hilmandda, shuningdek, shimoliy viloyatlari – Qunduz, Juzjon va Parvanada o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Dala qo‘mondonlari va “Tolibon” harakati jangarilari esa IShID terrorchilik guruhiga sodiqlikka tez-tez qasamyod qilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (26-02-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют