» » Ozbekiston dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari elon qilindi

Ozbekiston dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari elon qilindi


Davlat statistika qomitasi 19-may kuni Ozbekistondagi dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini organib chiqdi va otkazilgan kuzatuv natijalari boyicha mahsulotlarning minimal-maksimal narxlarini keltirdi. Unda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, dokonlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mol goshti (suyaksiz goshtdan tashqari) 37 000 somdan 65 000 somgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga kora, 1 kilogramm mol goshtining (suyaksiz goshtdan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining Nukus dehqon bozorida qayd etilgan (37 000 som). Mol goshtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozori, Farhod dehqon bozori va Mirobod dehqon bozorida kuzatildi (65 000 som).

Qoy goshti 39 000 somdan 75 000 somgacha (kilogramm)

Qoy goshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga kora, Toshkent shahrining Mirobod dehqon bozorida (39 000 som) royxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida (75 000 som) kuzatildi.

Kartoshka 2 000 somdan 7 000 somgacha (kilogramm)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga kora, kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining Yangibozor dehqon bozori, Termiz shahrining Markaziy dehqon oziq-ovqat bozorida qayd etilgan (2 000 som). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida (7 000 som) qayd etildi.

Piyoz 500 somdan 3 000 somgacha (kilogramm)

Piyozning minimal narxi Termiz shahrining Markaziy dehqon oziq-ovqat bozorida (500 som) royxatga olindi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida kuzatildi (3 000 som).

Sabzi 1 000 somdan 7 000 somgacha (kilogramm)

Sabzining minimal narxi kuzatuv natijasiga kora, Jizzax shahrining Eski shahar dehqon bozori, Termiz shahrining Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori va Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori, Fargona shahrining Fargona shahar markaziy dehqon bozori va Toshkent shahrining Mirobod dehqon bozorida (1 000 som) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida (7 000 som) kuzatildi.

Tuxum 7 000 somdan 13 000 somgacha (10 dona)

Tuxumning minimal narxi Andijon shahrining Andijon shahar markaziy dehqon bozori, Qarshi shahrining Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori, Samarqand shahrining Siyob dehqon bozori, Yangiyol shahrining Ixtisoslashgan Yangiyol shahar dehqon bozorida qayd etildi (7 000 som). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida qayd etilgan (13 000 som).

Guruch 4 000 somdan 18 000 somgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijalariga kora, guruchning minimal narxi Termiz shahrining Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori va Guliston shahrining Guliston dehqon bozorida royxatga olingan (Nukus navli guruch 4 000 som). Maksimal narx esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida kuzatildi (Lazer navli guruch 18 000 som).

Osimlik yogi 8 400 somdan 14 500 somgacha (litr)

Osimlik yogining minimal narxi Toshkent shahrining Mirobod dehqon bozorida (mahalliy paxta yogi (8 400 som) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida (kungaboqar yogi 14 500 som) kuzatildi.

Shakar 5 500 somdan 6 500 somgacha (kilogramm)

Shakarning minimal narxi Guliston shahrining Guliston dehqon bozori, Toshkent shahrining Oloy dehqon bozori, Farhod dehqon bozori, Mirobod dehqon bozori, Eski Jova dehqon bozori va Qoyliq dehqon bozorida (5 500 som) qayd etildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining Nukus dehqon bozorida, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori va Eski shahar dehqon bozorida, Qarshi shahrining Qarshi dehqon oziq-ovqat bozorida, Navoiy shahrining Saxovat bozorida, Samarqand shahrining Siyob dehqon bozori, Temiryol dehqon bozori va Damariq dehqon bozorida, Termiz shahrining Termiz shahar dehqon oziq- ovqat bozori hamda Markaziy dehqon oziq-ovqat bozorida (6 500 som) kuzatildi.

Mavzuga doir:Toshkentda Abu Saxiy bozori ochilgani haqidagi xabarlar rad etildi



Manba: Daryo.uz
: admin (21-05-2020, 12:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
:
-
:
20 ... -