» » Chechenistonda Ramazon Hayiti bayrami kunlari harakatlanish taqiqlab qo‘yildi

Chechenistonda Ramazon Hayiti bayrami kunlari harakatlanish taqiqlab qo‘yildi


Checheniston Ichki ishlar vazirligi Ramazon oyining tugashi munosabati bilan nishonlanuvchi Ramazon Hayiti bayrami kunlari respublika bo‘ylab harakatlanishni taqiqlab qo‘ydi.

Respublika ichki ishlar vaziri Ruslan Alxanovning bayonotida ta’kidlanishicha, “o‘zini izolyatsiyalash” rejimini buzganlar qonun doirasida ko‘rsatilgan tartibda qattiq jazolanadi.

Checheniston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada koronavirusga chalinish bo‘yicha 1005 ta holat qayd etilgan (ularning 92 nafari shifokor), hozirga qadar 620 kishi sog‘aygan bo‘lsa, 11 kishi vafot etgan.

Shuningdek, Kabardin-Bolqorda ham Ramazon Hayiti munosabati bilan dam olish kunlari e’lon qilingan. Dog‘istonda esa bayram sabab qo‘shimcha cheklovlar joriy etilgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dog‘istondagi koronavirusga bog‘liq vaziyat sabab barcha musulmonlardan Hayit bayramini uyda o‘tkazishga chaqirgan edi.

Avvalroq O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov jome masjidlarda Hayit namozi o‘qilishi to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirib, mamlakatda Hayit namozi qay tarzda o‘qilishi borasida rasman xabar berilishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi taroveh va juma namozlarini masjidlarda o‘qish boshlanishi haqidagi audioxabar yolg‘on ekanini bildirdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilingan, keyinchalik taroveh va juma namozlarining uyda o‘qilishi masalasiga izoh berilgan, karantinga doir fatvolar e’lon qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют