» » Olimlar avtomobil va quyosh yordamida koronavirusni yengish usulini aniqladi

Olimlar avtomobil va quyosh yordamida koronavirusni yengish usulini aniqladi


Avtomobil salonini dezinfeksiya qilishning ko‘plab usullari mavjud. Masalan, turli spirt eritmalari va sanitayzerlar. Biroq olimlar avtomobilni quyoshli joyga qo‘yib ketish ham bu borada samarali ekanligini aniqladi, deb xabar beradi Motor.

Mashina saloni qizib ketganiga qaramay u yo‘lovchilar uchun xavfsiz joy emas, avtomobil ichidagi yuqori harorat zararli mikroorganizmlarni, xususan, COVID-19 koronavirus infeksiyasining nobud bo‘lishiga ko‘maklashishi mumkin.

So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, yangi turdagi koronavirus Selsiy bo‘yicha 22 daraja issiqlikda ikki haftaga yaqin yashay oladi. Havo harorati 35 darajaga ko‘tarilganida u ikki soatda nobud bo‘ladi. Avtomobil saloni yuzasi 55 darajaga qadar qizdirilsa, virus 20 daqiqadan ortiq yashay olmaydi, 70 daraja Selsiyda esa xavfli mikroorganizmlar besh daqiqa yashay oladi xolos.

Ko‘chadagi harorat 30 dajara Selsiyga yetganida qora rangli avtomobilga to‘g‘ridan to‘g‘ri tushayotgan quyosh nuri salon ichini 65 darajagacha qizdirib yuborishi mumkin. Oq rangli mashina — 45 darajagacha qiziydi. Bu esa qurilmalar panelida qolib ketgan himoya niqobidagi koronavirusni o‘ldirish uchun yetarli hisoblanadi.

Mavzuga doir: JSST koronavirusdan himoyalovchi usullardan birini inson sog‘lig‘iga zararli deb atadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют