» » “Men ham boshqalar kabi yashashni xohlayman”. Sadoqat Qilichova saxovatli yurtdoshlarimizning yordamiga muhtoj

“Men ham boshqalar kabi yashashni xohlayman”. Sadoqat Qilichova saxovatli yurtdoshlarimizning yordamiga muhtoj


“Daryo” tahririyatiga Toshkent shahri Yashnobod tumani “Obod makon” mahallasida yashovchi birinchi guruh nogironi Sadoqat Qilichova moddiy yordam so‘rab murojaat qildi.

Men asli xorazmlikman. Hozir onam bilan Toshkentda yashaymiz. Xudo xohlasa, noyabrda 36 yosh kiraman. Biroq tezroq operatsiya qilinmasam, bu yoshni qarshilamasligim ham mumkin...

Tug‘ilganimdan beri dardmandman. Bir yoshimda oyoq-qo‘lim shishib ketgan. Onam kasalxonaga olib borganida shifokorlar meni operatsiya qilishib, buyragimga naycha ulab qo‘yishgan. Holat yana takrorlangandan keyin buyragimda tosh borligini aytishib, yana ikki marta operatsiya qilishgan.

8 yoshimda meningit bo‘lib, oyoq-qo‘lim o‘zimga bo‘ysunmay qolgan. Shifokorlar orqa umurtqa pog‘onamdan suv olishgach, o‘zimga kelganman.

14 yoshimda yana tobim bo‘lmay qoldi. Onam meni shifoxonaga olib borganida doktorlar meni obdan tekshirib ko‘rishdi. Hamda menda jigar exinokokki borligini aytib, zudlik bilan jigarimni operatsiya qilishgan. Afsuski, o‘shanda exinokokk ildizi qolib ketgan ekan. Bu 2017-yilda yana jigarim og‘rib qolganida ma’lum bo‘ldi. Shifokorlar onamga “Qizingizni endi operatsiya qilolmaymiz, ikkala buyragi ham qurigan ekan, operatsiyani ko‘tarolmaydi” deb aytishdi. Jigarimga naycha ulab qo‘yib, 1 oy tozalashdi.

2019-yilda komaga tushib qoldim. Shifokorlar zudlik bilan gemodializ qo‘yishdi. Oradan uch kun o‘tib ko‘zimni ochganman. Nima bo‘lganini bilmayman. Onam “Agar bir soat kechikkanimizda, seni boshqa ko‘rmas ekanman” deb yig‘lab yubordi. Mana bir yildan beri gemodializ olaman.

Onamga qarab rahmim keladi. Butun umri menga qarab, shifoxonada o‘tib ketyapti. Menga juda bog‘lanib qolgan. Men ham boshqalar kabi yashashni, onamning xizmatida bo‘lishni keladi. Shuning uchun buyrak ko‘chirib o‘tkazishmoqchi.

Hindistonlik shifokorlar bilan gaplashdik. Aytishlaricha, operatsiya uchun 13 ming dollar ketadi, undan keyin 2 oy davomida Hindistonda bo‘lib, muolajalarini olishimiz kerak. Bizga jami 25 ming dollar atrofida pul kerak. Ammo onam pensioner, men esa birinchi guruh nogironiman. Bizda buncha mablag‘ yo‘q.

Onam bechora operatsiyamga pul topaman, deb ikki yildan beri yordam so‘rab bormagan joyi qolmadi. Onamning meni deb qiynalganini ko‘rib, vijdonim qiynalyapti. Barcha yurtdoshlarimizdan muborak kunlarda yordam berishlarini so‘rayman.

Sadoqat Qilichovaga xayriya qilishni istaganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali

Qilichova Sadoqat

Sanoat qurilish bank: 8600030432355422

Sadoqat Qilichovaning telefon raqami:

(94) 682-10-11

Onasi Roziya opaning telefon raqami

(94) 690-05-86



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют