» » Billi Aylishning uyi Google Maps’dan yo‘qolib qoldi. Bunga qo‘shiqchining uyida mehmon bo‘lishni istagan muxlislar aybdor

Billi Aylishning uyi Google Maps’dan yo‘qolib qoldi. Bunga qo‘shiqchining uyida mehmon bo‘lishni istagan muxlislar aybdor


Amerikalik qo‘shiqchi Billi Aylishning uyini Google Maps’dan ko‘rmoqchi bo‘lgan muxlislar endilikda faqat bejalgan dog‘ga duch kelmoqda. Bunga qo‘shiqchining oilasini qo‘rqitib qo‘ygan yoqimsiz voqea sabab bo‘lgan. Shu sababli Billi Aylish Google bilan ko‘plab yulduzlar orzu qiladigan alohida kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar beradi Medialeaks.

18-may kuni Billi Aylishning uy manzili internet tarmog‘ida tarqalib ketganidan so‘ng, qo‘shiqchi Google Maps’dan uyining 3D ko‘rinishini berkitib qo‘yishni so‘ragan. Endilikda qo‘shiqchi oilasi bilan yashaydigan Los-Anjelesdagi uy o‘rnida bejalgan dog‘ turibdi.

Taxminlarga ko‘ra, Aylishning bunday qilishiga notanish shilqim yigitning uyi oldida tez-tez paydo bo‘lib qolgani va bu yerdan ketishdan bosh tortib, xatti-harakatlari bilan butun oilani qo‘rqitgani sabab bo‘lgan. Shu kabi holatlardan keyin qo‘shiqchi sudga murojaat qilgan va yigitning o‘ziga 180 metrdan yaqin kelmasligi bo‘yicha rasman hukm chiqartirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Aylish Google’dan o‘zining shaxsiy ma’lumotlariga oid masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashishni so‘ragan yagona mashhur emas. Servis o‘z xaritasidan Pol Makkartni, Lili Allen va boshqa yulduzlarning ham uyini “o‘chirib tashlagan”. Bundan tashqari, Google vakillarining ta’kidlashicha, har qanday odam kompaniyaga murojaat qilib, xaritadan o‘z uylari yoki shaxsiy hayotga daxl qiladigan binoni yashirib qo‘yishni so‘rashi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют